Zelenskiy: Rossiya qurolli kuchlari Mariupolning 90 foizini vayron qildi

Rossiya qo’shinlari Mariupolning 90 foizini vayron qilishdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida aytib o‘tdi.
«Rossiya qo’shinlari tomonidan vayron qilingan Mariupolning 90 foizidan 35 ming kishi qutqarildi», dedi davlat rahbari.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya samolyotlari bomba tashlashi natijasida vayron bo‘lgan drama teatri joyida hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.
“O’sha paytda odamlar unda yashiringan edi. Bino bombadan himoyalanish uchun foydalanilayotgan edi. Hozirda 130 dan ortiq odamni qutqarishga muvaffaq bo’ldik. Ammo vayronalar ostida hali ham yuzlab Mariupol aholisi bor. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz qutqaruv ishlarini davom ettiramiz”, — dedi Zelenskiy.
