Zelenskiy: Rossiya harbiy jinoyatlarini yashirishga harakat qilmoqda

Ukraina prezidenti Rossiya armiyasi olib chiqib ketilganidan keyin o‘liklarga to‘la ko‘chalar saqlanib qolgan Bucha shahriga borib, iddaolarni joyida o‘rganib chiqdi.
Ukraina xalqiga murojaat qilgan Zelenskiy, Rossiya kuchlarini Buchada 300 dan ortiq tinch aholini qiynoqqa solish va o‘ldirishda ayblab, ular “harbiy jinoyatlar” haqida dalillar to‘plaganliklarini aytdi.
«Bosqinchilar nima qilgani bo‘yicha tergovimiz boshlandi. Ayni paytda bizda faqat Buchada 300 dan ortiq odam qiynoqlarga solingani va o‘ldirilgani haqida ma’lumot bor. Bu raqam ko’payadi va bu faqat bitta shaharda sodir bo’lgan voqea.
Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, Rossiya armiyasi olib chiqib ketilgan Borodyanka kabi shaharlarda qurbonlar soni ancha koʻp boʻlishi mumkin.
Zelenskiyning aytishicha, Rossiya Ukrainadagi urush jinoyatlarini soxta xabarlar va tashviqot harakatlari bilan yashirishga harakat qilmoqda; “Ular oʻzlarining ommaviy qatllarini soxta intervyular, montaj tasvirlari va odamlarni boshqalar tomonidan oʻldirilgan deb yashirishga harakat qilmoqdalar”, dedi u.
