Zelenskiy: Otishmalar davom etmoqdami, demak Rossiyaga qarshi sanksiyalar yetarli emas

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina shaharlarini o‘qqa tutish 16 kundan beri davom etayotgani sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yetarli emas deb hisoblaydi.
Bu haqda Ukraina rahbarining murojaatiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar bermoqda.
Zelenskiyning fikricha, Rossiya boshlagan urush uchun javob berishi kerak. “Agar bu (Ukraina shahar va qishloqlarini o’qqa tutish) davom etsa, demak, bu sanksiyalar paketlari yetarli emasligini anglatadi. Umid qilamanki, biz bu borada ishlayapmiz, bugun ham sheriklarimizdan yangi sanksiyalar qarorlari qabul qilinadi. Rossiya bu urushning narxini to‘lashi kerak, har kuni to‘lashi kerak”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Ukraina Rossiyaga qarshi urushda burilish nuqtasini allaqachon bosib o‘tganini aytdi.
Uning fikricha, oldinga yagona yo‘l – g‘alaba qozonish. “Yerimizni ozod qilishimiz uchun hali necha kun borligini aytish mumkin emas. Lekin biz buni uddalaymiz, deyishimiz mumkin. Chunki biz bunga intilamiz. Chunki biz allaqachon strategik burilish nuqtasiga erishdik, biz allaqachon maqsadimiz, g‘alabamiz sari intilyapmiz”, — dedi Zelenskiy.
