Yosir Arofatni zaharlashda gumon qilingan agent BAA da hibsga olindi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) «Yaqin Sharqdagi eng katta ta’sir kuchiga ega agent» sifatida tanilgan va BAA uchun ishlagan deb tahmin qilinadigan Muhammad Dahlanning barcha hisob raqamlarini muzlatib qo’ygan. Ba’zi taxminlarga ko’ra, Dahlan Amirlik ma’muriyati tomonidan uy qamog’iga joylashtirilgan.
Muhammad Dahlan kim?
1961 yilda G’azo sektoridagi Xon Yunis qochqinlar lagerida tug’ilgan Muhammad Dahlan 1980 -yillarda Yosir Arofat boshchiligidagi «Fatx» nomidan G’azodagi tashkilotni boshqargan.

Ma’lum bo’lishicha, 1994 yilda Yosir Arofat va Isroilning kelishuvi bilan tashkil etilgan Falastin Muxtoriyatining G’azo bo’limi rahbarligiga olib kelingan Dahlan, 1990 -yillarda G’azo sektorida Xamas asirlarini qiynoqqa solgani va mintaqada sodir bo’lgan o’sha davr ko’plab ziddiyatli hodisalarining asosisy figurantlaridan biri sifatida tanilgan. Shuningdek Isroil razvedkasi bilan ham hamkorlik qilgani o’rtaga chiqqan.

Shu sabablarga ko’ra, 2002 yilda G’azo sektorining boshqaruvini tark etishga majbur bo’lgan Dahlan, 2 yildan so’ng 2004 yilda Yosir Arofatni zaharlab o’ldirishda ayblangan.

Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga yaqinligi sababli, «BAAning troya oti» deb ta’riflangan Dahlan 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada davlat to’ntarishiga urinishda ham ishtiroki haqidagi iddaolar bor. Shu sababli, nomdor agent Turkiyaning «terrorizm uchun qidiruvga olingan» qizil ro’yxatiga kiritilgan.

Ta`kidlanishicha, BAAda istiqomat qilgan va bu davlat bilan umumiy siyosatni ishlab chiqqan Muhammad Dahlan yaqinda Amirlik undan voz kechgan degan tahminlar bor edi. Hisob -kitoblarga ko’ra, boshlagan loyihalarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan va boshqa davlatlar bilan maxfiy aloqada bo’lganligi haqidagi iddaolar amirliklar hukumatining e’tiroziga sabab bo’lgan.
Dahlan Yaqinda Misrga joylashmoqchi bo’lgan edi. Misirga joylashish sabablaridan biri ushbu mamlakat G’azo sektoriga qo’shni ekanligi bo’lsa, boshqa tomondan bu talabning asosiy sababi Birlashgan Arab Amirliklari uni hibsga olishidan qo’rqayotgani aytilgan edi. Lekin Misr ma’muriyati uning talabini rad etdi.
