Yolg’on xabarlarga ishonmang

Yolg’on xabar:
Qobuldagi 26 yoshli ayollar huquqlari himoyasi bo‘yicha huquq faoli Associated Press nashriga bildirishicha tolibonlarning maxsus guruhi bosib olgan hududlarda 9 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarning ro‘yxatini shakllantirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra ayollar erkaklar hamrohligisiz ko‘chaga chiqishi mumkin emas, agar shunday bo‘lib qolsa, duch kelgan tolibon ko‘chada uni so‘roqqa tutishi, lozim topsa, qo‘yvorishi yoki o‘ldirishi mumkin.
14 avgust kuni ko‘chaga chiqqan bir ayol paranji ostida jinsi shim kiygani uchun tolibon tomonidan otib tashlandi.

Ayollarning o‘qishi to‘liq taqiqlanmoqda.
Telegram ijtimoiy tarmog’idagi https://t.me/birjoyda kanalida chiqqan bu ma’lumotdan faqatgina Tolibonni odamlarga yomon ko’rsatish maqsad qilingani ma’lum bo’ldi. Rasmdagi holat esa qachon va qanday qilib bo’lgani mutlaqo nomalum.
Global tahlil jamoasi sizlarni bunday yolg’on xabarlarga mutlaqo ishonmaslikka chaqiradi. Eslatib o’tamiz, Tolibon rasmiy tarmoqlari bunday xabarlarni doimo qoralab kelgan, va o’zlarini Afg’onistonda mutlaqo boshqacha siyosat olib borayotganliklarini ta’kidlaydi.