Yil boshidan buyon Afg’onistonda go’daklar o’limi holati sezilarli darajada ko’paygan

2022 yilning yanvar oyidan beri Afg‘onistonda 13 mingga yaqin yangi tug‘ilgan chaqaloq to‘yib ovqatlanmaslik va ochlik bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etgan. Demak, bu soatiga 6 nafardan ortiq chaqaloq o‘limi deganidir!
Aholining 95 foizi yetarli darajada oziq-ovqat ololmaydi, 3,5 million bola esa ozuqaviy yordamga muhtoj.
Afg’oniston Islomiy Imorati mavjud iqtisodiy qiyinchilklarni bartaraf etish yo’lida turli davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga muntazam harakat qilib kelmoqdalar.
AQSh esa Afg’onistonga tegishli bo’lgan 10 milliard dollar mablag;ni muzlatib, uni qaytarishni ismayapti. Boz ustiga ushbu mablag’lar bir qismi 11 sentayabr voqealarida jabr ko’rganlar oilalari hamda Afg’onistonda musulmonlarni qirib kelgan, yarador AQSh harbiylariga tarqatilishi belgilangan.
