Yevropaga ketmoqchi bo’lgan 200 dan ortiq afg’on qochqinlari to’xtatildi

Ma’lum qilinishicha, Egey dengizida, qayiqda Italiyaga ketmoqchi bo’lgan 231 qochqin afg’onistonliklar, Turkiya Sohil qo’riqlash bo’linmalari tomonidan to’xtatilgan.
Reuters xabariga ko’ra, Egey dengizida 231 qochqin bo’lgan qayiq Turkiya Sohil xavfsizlik kuchlari tomonidan to’xtatilgan va qayiqda bo’lganlar hibsga olingan. Agentlik o’z yangiliklarini Turkiya Sohil xavfsizlik qo’mondonligi va Xalqaro Migratsiya Tashkilotidan olgan ma’lumotlarga asoslanib berdi.
Sohil xavfsizlik xizmati tomonidan qilingan bayonotda, ular qayiqda Turkiyadan Italiyaga borishga harakat qilganligi va kemadagi 231 qochqinning aksariyati Afg’oniston fuqarolari ekanligi bildirildi. Boshqa qochqinlar Suriya, Eron, va Pokiston fuqarolari ekanligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, ushlanganlar orasida qayiq egalari bo’lgan ikki Turk fuqarosi ham bor. Boshpana izlovchilar, Turkiyadagi Chanaqqala viloyatining Chet elliklarni olib ketish markaziga yuborilganligi ma’lum bo’ldi.