Yevropa Rossiya gaziga muqobil yo‘l izlamoqda

Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan keyin gazga bo’lgan talabni qondirish uchun sa’y-harakatlarini tezlashtirgan Italiya hukumati Fors ko’rfazi davlati Qatar bilan energetika sohasida hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Shu doirada Italiya Tashqi ishlar vaziri Luigi Di Mayo bugun Qatarga bordi.
Tabiiy gaz bo‘yicha 40 foiz Rossiyaga qaram bo‘lgan Italiyaning Rossiya-Ukraina urushi tufayli energiya resurslarini diversifikatsiya qilish maqsadida suyultirilgan gaz yetkazib berish bo’yicha yetakchilar Jazoir va Qatar bilan aloqalarini faollashtirgani diqqatga sazovordir.
Vazir Di Mayo 28-fevral kuni Jazoirda shu kabi kun tartibi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.
Italiya Bosh Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Draghi bugun Qatar Amiri Shayx Tamim bilan telefonda gaplashgani va “Fikr almashish chog’ida, energetika sohasida har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
