Yamandagi husiylar hukumat kuchlari olib chiqib ketilgan Hodayda shahriga qaytadan kirishdi

Saudiya Arabstoni va Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi arab koalitsiyasi hamda mahalliy kuchlar Xodayda shahridan chiqib ketgani ma’lum qilingan.
Yaman rasmiylari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti manbalari tomonidan berilgan bayonotlarda, Yamanning qonuniy boshqaruvi sifatida tan olingan arab koalitsiyasi va Mansur Hadiy hukumati kuchlarining Hodaydadagi nuqtalaridan chekinganligi va bu nuqtalar Eron qo’llab-quvvatlovchi husiylar tomonidan egallab olingani bildirildi.
Mintaqada joylashgan hukumat kuchlari juma kuni kelgan buyruq bilan chekinishni boshlaganliklarini bildirdi.
2018-yilda mintaqada sodir boʻlgan shiddatli toʻqnashuvlar ortidan erishilgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini kuzatish uchun kelgan BMT missiyasi ham chekinishdan oldin mavzu haqida maʼlumot berilmaganligini maʼlum qildi.
Hodayda porti
Saudiya Arabistoni va BAA tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hukumat kuchlari 2018-yilda Hodaydadagi strategik portni nazorat qilish uchun mintaqada keng ko‘lamli operatsiya boshlagan edi. 2018-yil dekabr oyida bir qancha davom etayotgan to‘qnashuvlar o‘t ochishni to‘xtatish bilan yakunlangan edi. Biroq bu jarayonda tomonlar bir-birlarini kelishuvni ko‘p marotaba buzganlikda aybladi.
Koalitsiya kuchlari olib chiqib ketilgandan so’ng Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan husiylar tomonidan qayta qo’lga olingani xabar qilingan Hodayda shahri husiylar uchun deyarli «hayot mamot» masalasi bo’lib qoldi.
Hodayda portining husiylar uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishining sababi shundaki, mamlakatdagi deyarli barcha oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa ko‘plab asosiy ehtiyojlar, xususan, Erondan kelgan qurol-yarog‘ va boshqa harbiy yordamlar shu port orqali yetkaziladi.
Saudiya Arabistoni va BAA boshchiligidagi koalitsiya bir muddatdan beri ichki inqirozlarni boshdan kechirayotgani bois Yamandan koalitsiyasini olib chiqishi iddao qilindi. Hodaydadan chekinishdan oldin koalitsiya o’z kuchlarining bir qismini mamlakatning vaqtinchalik poytaxti Adendan olib chiqib ketgan, ammo bu «odatiy harbiy faoliyat» ekanligi da’vo qilingan edi.
Arab koalitsiyasining Adandan so‘ng Hodaydadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi, koalitsiya Yamandagi urushda qatnashgan 2015-yildan beri erishgan yutuqlarini yo‘qotish sifatida talqin qilinmoqda.
