Yaman husiylari Maribga raketa hujumi bilan kamida 5 tinch aholini o’ldirdi

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar Marib shahriga raketa hujumi uyushtirdi.
Raketa tinch aholi yashaydigan hududlarga tushishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, 34 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Hujum oqibatida yaralangan tinch aholi orasida bolalar ham bor.
Aholining so‘zlariga ko‘ra, 26 yanvar kuni kechqurun hujumdan otilgan raketa shahardagi harbiy bino yonidagi tinch aholi punktiga kelib tushgan.
Husiy jangarilari bosimi ostida bo‘lgan Marib shahri Yaman hukumatining shimoldagi so‘nggi tayanchi sifatida ko‘rilmoqda.
Husiylar 2021-yilning fevral-dekabr oylarida shahar atrofida muvaffaqiyatga erishdilar, ammo 2022-yilda o‘z o‘rnini yo‘qota boshladilar.
Bir yil ichida Marib shahrida husiylarning hujumlarida ko‘plab tinch aholi halok bo‘ldi.
