Yaman: Husiylar strategik mintaqani qo’ldan chiqardilar

Oxirgi haftalarda Yamanga hujum qilgan Saudiya Arabistoni va BAA qo’llab-quvvatlagan kuchlar mamlakatning markaziy qismidagi strategik mintaqa sanalmish Marib viloyatining janubidagi Harib shahrini husiylardan qaytarib oldi.
Koalitsiya kuchlari bergan bayonitda, Shabvadagi operatsiyalar bilan parallel ravishda uyushtirilgan hujumda katta muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.
Husiylar 2021-yilning fevral-dekabr oylarida Marib viloyatining ko‘plab hududlarini katta yo‘qotishlar bilan egallab olishdi. Harib aholi punkti ana shunday hududlardan biri edi.
Harib Maribni Shebva bilan bog‘laydigan strategik yo‘lda joylashgan.
Koalitsiya kuchlarining Haribdan keyin g’arbga yurishini davom ettirishi kutilmoqda.
