Yaman: Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar “Turk shahidligi” yodgorligini buzib tashladilar

Yaman poytaxti Sana shahridagi “Turk shahidligi” yodgorlik majmuasi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar tomonidan vayron qilindi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, husiylar o‘tgan kuni yodgorlikni qurilish uskunalari bilan buzib tashlashgan.
Yodgorlik vayron qilingan lahzalar tasvirlari yozib olindi va ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etildi.
Videoda husiylarning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Isroil prezidenti Isaak Gertsog bilan uchrashuviga munosabat bildirishlarini eshitish mumkin.
2011-yilda ta’mirdan keyin qayta ochilgan “Turk shahidligi” yodgorligi poyiga Birinchi jahon urushi paytida Yamanda hayotdan ko’z yumgan Usmonli askarlar dafn etilgan.
Yodgorlik Yamanda 4 asrga yaqin Usmonlilar imperiyasining mavjudligi va mintaqada halok bo‘lgan turk askarlari xotirasi ramzi edi.
