Yaman: Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan xusiylar strategik hududni egallab olishdi

Yamanda davom etayotgan fuqarolar urushida, Marib jabhasidagi strategik Abdiya tumani bugun ertalabdanoq to’laligicha xusiylar nazoratiga o’tgani e’lon qilindi.
Maribni nazorat ostiga olmoqchi bo’lgan xusiylar uchun Abdiya tumani o’z maqsadlariga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega edi.

Strategik ahamiyatga ega Marib shahri hozircha Mansur Hadi boshchiligidagi hukumat kuchlari qo’lida.
2021 yil 22 -fevralda husiylar Maribni egallab olish uchun hujum boshladilar va mart oyida unga boradigan shimoliy yo’lni kesib tashladilar.
Hisob-kitoblarga ko’ra, so’nggi bir necha kun ichida Maribning janubiy yo’li xusiylar tomonidan bosib olingandan so’ng, mintaqa Eron tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan kuchlar nazorati ostiga o’tishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Abdiya bir oydan ortiq davom etgan janglardan keyin husiylar qo’liga o’tdi va davom etayotgan kuchli to’qnashuvlar tufayli katta zarar ko’rgan.
Ta’kidlanishicha, Abdiya qulaganidan so’ng, xusiy kuchlari Maribning g’arbiy qismidagi Servah tumaniga o’tkazila boshlagan va ularning keyingi nishoni aynan shu tumandir.
Hozirda to’qnashuvlar Maribdan 30 km uzoqlikdagi Kuba shahrida davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Kuba ham husiylar tomonidan to’liq qo’lga olinishi mumkin.
Hisob-kitoblarga ko’ra, agar neftga boy, strategik juhatdan mamlakatdagi muhim shaharlardan biri bo’lmish Marib husiylar qo’liga to’liq o’tib ketaigan bo’lsa, Yaman ichki urushidagi muvozanat sezilarli darajada shialar tarafga og’ib jetishi mumkin.
So’nggi ma’lumotlarga qaraganda, Yamanda 2014 yildan buyon davom etayotgan fuqarolar urushida 120 mingdan 230 minggacha odam halok bo’lgan.
