Yaman: BMT hisobotiga ko’ra Husiylar, Aden aeroportiga bo’lgan hujumni uyushtirgan
Dekabr oyida Yaman janubida sodir bo’lgan va ko’plab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan hujumni, Eron tomonidan dastaklangan Husiylar amalga oshirgani bildirildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobotiga ko’ra, Eron tomonidan dastaklangan Husiylar 2020-yil 30-dekabr kuni Yaman janubidagi Adan aeroportida kamida 22 kishining o’limiga va 100 dan ortiq odamning jarohatlanishiga olib kelgan hujum uchun javobgardir.
Xabarda aeroport hujumida foydalanilgan raketalar, Husiylar hujum qilgan boshqa mintaqalarda ishlatilgan raketalarga o’xshash ekanligi bildirildi.
BMT hisobotida, Aden aeroportini nishonga olgan raketalar Husiylar nazorati ostidagi Taiz aeroporti va mamlakat g’arbidagi Dhamar shahridan otilganligi va bu ma’lumot «juda ishonchli» ekanligi aytilgan.
Aden aeroportini nishonga olgan raketa hujumi, mamlakatda yangi tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi a’zolarini o’z ichiga olgan samolyot, aeroportga tushganda sodir bo’ldi. Hokimiyatning bayonotida, hukumat a’zolari hujumdan zarar ko’rmasdan, Adendagi Prezident saroyiga yetkazilganligi aytilgan.
Biden ma’muriyati, Eron tomonidan dastaklangan Husiylarni «terrorchilar ro’yxatidan» chiqarib tashlagan. Fevral oyidan beri Yamanda Husiylar va Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tomonidan dastaklangan Mansur Hadi ma’muriyati ostidagi kuchlar o’rtasida, shiddatli to’qnashuvlar bo’lib o’tmoqda.