XTSh AQShning IShID yetakchisiga qarshi operatsiyasini qoraladi

Suriya shimolidagi deyarli butun Idlib viloyatini nazorat qilayotgan HTSh, bir necha kun oldin AQShning Idlibda IShID yetakchisini nishonga olgan amaliyotini qoraladi.
Kecha Tahrir ash-Shom delegatsiyasi (HTS) tomonidan e’lon qilingan bayonotda, shuningdek, AQShning Idlib shimolidagi Atme hududiga IShID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiyni yo’q qilish amaliyoti tinch aholining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lganligi ham tilga olindi.
Bayonotda, «Ularning AQSh amaliyotidan xabari bo’lmagani, binoda nishonga olinganlarning shaxsi esa operatsiyadan keyin aniqlangani» ta’kidlandi.
HTSh bayonotida, IShIDning bu hududlarda mavjud bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi ham aytib o’tildi.
