Xitoyning tarixdagi eng katta energiya inqirozi

Ta’kidlanishicha, dunyodagi eng katta elektr energiyasi iste’molchisi bo’lgan Xitoy o’z tarixidagi eng katta energiya inqirozini boshdan kechirmoqda.
Qishloq xo’jaligi va sanoat bo’yicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi Xitoy, tez o’sib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun har yili elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko’paytirishi kerak.
Elektr energiyasini iste’mol qilish bo’yicha dunyoda etakchi
2020 yilda Xitoyning elektr energiyasi iste’moli 7,51 trillion kilovatt-soatni tashkil etdi. Dunyoda birinchi bo’lib elektr energiyasini iste’mol qilishda Xitoyning eng yaqin raqibi bo’lgan AQShning elektr energiyasi iste’moli o’sha yili 3,8 trillion kilovatt-soatni tashkil etgan va bu Xitoyning ko’rsatkichining qariyb yarmiga teng.
Xuddi shu yili Turkiyaning elektr energiyasi iste’moli 291 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan.
Elektr energiyasini iste’mol qilishga bo’lgan talabning tez sur’atlarda o’sishiga qaramay, koronavirus pandemiyasi sababli Xitoy iqtisodiyotining 2020 yilda rivojlanmaganligi ham elektr energiyasi sohasidagi investitsiyalarni to’xtatdi. 2020 yil boshidan beri Xitoyning elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvati oshirilmadi.
2021 yilda Xitoyda qurg’oqchilik bo’lganligi, shuningdek, mamlakatning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini qondirishda juda muhim o’rin tutadigan gidroelektrostantsiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining kamayishi bu muommoni keltirib chiqardi.