Xitoyning ko’chmas mulk giganti global bozorlarga zarar yetkazishda davom etmoqda

Nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi sifatida tanilgan Evergrande Group ning bankrot bo‘lishi haqidagi xavotirlar davom etmoqda.
Qarzni to‘lashning har bir davrida kompaniya bankrot bo‘ladi, degan iddaolarning qaytadan paydo bo‘lishi nafaqat Xitoyni, balki jahon bozorini ham qiyin ahvolga qo’ymoqda.
19 milliard dollari xalqaro bozordagi qarzi boʻlgan, 300 milliard dollarlik umumiy qarz bilan kurashayotgan Evergrande Group bugungi kun tugagunga qadar toʻlashi kerak boʻlgan qarzni toʻlay oladimi yoki yoʻqmi, bu haqda hali bir bayonot bermadi. Kompaniyaning bankrotlik xavfi borligi aytilayotgan bir paytda bayonot bermagani bozorlarda notinchlikni keltirib chiqardi.
Ta’kidlanishicha, Evergrande Group katta ehtimol bilan bugungi qarzni to’lashi mumkin. Biroq, katta miqdordagi qarzlardan iborat to’lovlar har doim kompaniyaga uzoq muddatli bankrotlik xavfini eslatib turadi, bozorlarni, ayniqsa, ko’chmas mulk sektorini bezovta qiladi va zarar yetkazadi.
Bugun AQSh Federal zaxira tizimi ham Xitoydagi ko’chmas mulk inqirozi jahon bozorlari uchun katta xavf tug’dirayotganini ta’kidladi.
