Xitoy Sharqiy Turkistondagi 6 asrlik masjidni muzeyga aylantirdi

Xitoy Komunistik partiya ma’muriyati Sharqiy Turkistondagi 6 asrlik tarixga ega bo’lgan «Iydgah» masjidini muzeyga aylantirdi.
Mintaqaviy manbalar bergan ma’lumotlarga ko’ra, Sharqiy Turkistondagi eng katta va tarixiy masjid bo’lgan Iydgah masjidi muzeyga aylantirildi.
Qurilishi 1442 yilda yakunlangan masjid tarixdan beri mintaqaning eng ramziy masjidi hisoblanadi.
Ilgari masjidning gumbazi va minorasi hamda masjiddagi tarixiy lavhalar vayron qilingan.
Xitoy xozirda millionlab musulmon uyg’urlarni lagerlarga qamab qo’gan va mintaqadagi diniy marosimlarni butunlay taqiqlagan.
Shunga qaramay, Xitoy ma’muriyati dunyoga Sharqiy Turkistonda diniy erkinlik borligi to’g’risida targ’ibot ishlarini olib borayotganini da’vo qiladi. Mintaqaviy manbalar, aksincha, Xitoyning bu targ’iboti haqiqatni aks ettirmasligini va bu ishlar dunyoni aldashga qaratilgan ekanligini ta’kidlab keladi.