Xitoy Afg‘onistonni qayta tiklashga yordam berishga chaqirmoqda

Xitoy rahbari Si Tszinpin qo‘shni davlatlarni “yorqin kelajak qurishda Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga” chaqirdi.
Bu haqda Si Tszinpinning Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchinchi yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytildi.
XXR rahbari Afg‘oniston ko‘p yillardan buyon og‘ir inqirozlarni boshdan kechirayotgani va shu sababli ko‘makka juda muhtoj ekanini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, bugun Afg‘oniston “tartibsizlikdan o‘tishning muhim davrini” boshdan kechirmoqda. “Afgʻoniston bizning umumiy qoʻshnimiz. Biz umumiy kelajakni baham ko‘ramiz va birga ko‘tarilamiz”, — dedi Xitoy rahbari.
U o‘tgan yilning sentabr oyida Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mintaqa davlatlari o‘rtasida muvofiqlashtirish va hamkorlik mexanizmi ishga tushirilganini eslatdi. «Afg’onistonga qo’shnilar afg’on xalqini qurilishda qo’llab-quvvatlash bo’yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun qo’llaridan kelganini qilishlari kerak», dedi Si Tszinpin.
