Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Turkiyada! Anqara va Ar-Riyod munosabatlarida yangi davr!

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Anqaraga keldi. Prezident Rejep Tayyip Erdog’an valiahd shahzodani Prezidentlik majmuasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.
Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar, ayniqsa ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida tijorat shartnomasi ham imzolanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, shahzoda Muhammadning Anqaraga tashrifi chog‘ida energiya, iqtisodiy va xavfsizlik bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Shuningdek Saudiya fondlarining Turkiyadagi kapital bozorlariga kirish rejasi ham muhokama qilinadi.
Iqtisodi kundan-kunga o’tirib borayotgan Turkiya uchun bu ayni muddao.
Yaqin Sharq davlatlariga safari doirasida Salmon Turkiya ziyoratidan oldin Misr va Iordaniyada ham bo’ldi.
