Ukraina: Millatchi batalyonlar 5 mingga yaqin xorijlikni “tirik qalqon” sifatida garovda ushlab turibdi

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, millatchi batalyonlar 5 mingga yaqin xorijlikni “tirik qalqon” sifatida garovda ushlab turishda davom etmoqda, jumladan:
• Xarkovda Hindistondan 1,5 minggacha talaba, Iordaniyadan 200 nafargacha, Misrdan 40 nafargacha, Vetnamdan 15 nafargacha.
• Sumida 576 nafar Hindiston fuqarosi, 159 nafar Tanzaniya fuqarosi, 121 nafar Xitoy fuqarosi, 100 nafar Ganalik talaba, 60 nafar Misr fuqarosi, 45 nafar Iordaniya fuqarosi, 16 nafar Pokistonlik talaba, 15 nafar Tunis fuqarosi va 14 nafar Zambiya fuqarosi.
Ukraina tomoni Xarkov va Sumida gumanitar yo‘laklarni ochish bo‘yicha takliflarni rad etmoqda, Kiyev radikallari tinch aholini evakuatsiya qilishga to‘sqinlik qilmoqda – komendantlik soati joriy qilingan, chiqish yo‘llari minalangan, tinch aholi jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilinmoqda, deyiladi xabarda.
Sumi shahrida mustaqil ravishda Suja nazorat-o‘tkazish punktiga borishga uringan bir guruh Pokiston talabalari (20 kishigacha) hududiy mudofaa millatchilari tomonidan kaltaklanib, yotoqxonaga qaytib keldi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi.
