Uganda poytaxti Kampalada portlash yuz berdi

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, poytaxt Kampalaning Parlament ko’chasida portlashlar sodir bo’lgan, voqea sabablari hali aniqlanmagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hududda kamida ikkita portlash sodir bo‘lgan.
Portlashlar oqibatida kamida 2 kishining hayotdan ko’z yumgani, ko’plab jarohatlanganlar borligi bildirildi.
Portlashlash uchun mas’uliyatni biror tashkilot o’z zimmasiga olgani haqida hali hech qanday bayonot berilmagan.
Uganda armiyasi kuchlari Afrika Ittifoqi missiyasining bir qismi sifatida Somalida harbiy kuchlarini saqlab turibdi.
Somalida xizmat qilgan Uganda askarlari yaqinda Quyi Shabel mintaqasida 7 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo’lgan hujumda ishtirok etgan edi.
Ugandani o‘z ichiga olgan Afrika Ittifoqi missiyasi 2007-yildan beri Somalidagi al-Shabobga qarshi ish olib boradi.
Shu boisdan mazkur hujum al-Shabobning Uganda askarlariga qarshi javobi sifatida ham tahmin qilinmoqda.
