Turkmaniston Afg’oniston yangi hukumati bilan ishlashga tayyor

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Afg’onistonda yangi ma’muriyat bilan yaqindan ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.
Berdimuhammedov Rossiyaning TASS agentligiga bergan intervyusida kun tartibidagi savollarga javob berdi. Turkmaniston Prezidenti o’z bayonotlari orqali Tolibon e’lon qilgan «Afg’oniston Islom Amirligi» ni tan olishi mumkinlini bildirgan.
Berdimuhammedov o’z chiqishlarida :» Biz Afg’onistonning yangi ma’muriyati bilan an’anaviy qardosh turkman-afg’on munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish,ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishni va barqarorlikni ta’minlash uchun zarur yordam ko’rsatish uchun yaqindan ishlashga tayyor ekanligimizni bildirmoqchiman», deb ta’kidlab o’tgan.
Shuningdek Turkmaniston prezidenti Afg’onistonning yangi ma’muriyat bilan TAPI elektr uzatish liniyasi loyihasi bo’yicha hamkorlik qilish istagi borligini aytib o’tgan.

Turkmaniston ma’muriyati Tolibon hokimiyatga kelishidan oldin ham Tolibon bilan TAPI haqida muzokara o’tkazgan edi.
