Turkiyada «IShID» va «Al-Qoida» bo’linmalariga aloqador kishilarning aktivlari muzlatib qo’yildi

G’aznachilik va Moliya vazirligi Turkiyadagi IShID va Al-Qoida bilan aloqadorligi aytilgan ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini muzlatishga qaror qildi.
Qarorga ko‘ra, “IShIDga aloqador” 8 nafar jismoniy va 5 nafar yuridik shaxs, “Al-Qoida”ga aloqador 5 nafar jismoniy va 2 nafar yuridik shaxsning «Terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish to’g’risidagi qonun» doirasida Turkiyadagi aktivlari muzlatib qo’yildi.
Mol-mulki muzlatishga qaror qilingan real shaxslar sifatida Abdulrahmon Alahmad, Hoshim Ali Husayn Husayn, Muhammad Alahmad, Abu Umar Xurosoniy, Abdul Halim Otabey, Mustafo Shahin, Nakibulloh Hakimi va Vahit Sharifiy qayd etildi. «IShID bilan bog’liq» yuridik shaxslar ro’yxatiga Garanti Export Import Jewelry Foreign Trade, Arasta Import Export Foreign Trade, Rawi Telecommunications Communication Services, Endex Nakliyat Jewelry Foreign Trade, Almjd Land Trading Foreign Trade Limited kompaniyalari kiritildi.
Al-Qoida bilan aloqador ekani aytilgan jismoniy shaxslar Majdiy Mohammad Salim, Nuriddin Muslihan, Soner Gurlenen, Turgut Elghzlandy va Jebrail Guzel aktivlari muzlatilgan Bu yo’nalishda aktivi muzlatilgan kompaniyalar qatoridan Level Hign Moda Tekstil ve Ticaret Ltd. Sti va Green Sancak madaniyat va tadqiqot uyushmasi o’rin egalladi.
