Turkiya va BAA o’rtasida 13 ta kelishuv imzolandi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Turkiya bilan BAA o’rtasida turli sohalarda 13 ta shartnoma imzolandi.
Jumladan ikki davlat o’rtasida sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasida, iqlim, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, madaniy sohada, quruqlik va dengiz transporti sohasida, yoshlar, “Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida, meteorologiya, ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar, arxiv hamda keng qamrovli iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumlari imozlandi.
Shuningdek, yaqin kelajakda Turkiya va BAA o’rtasida mudofaa sohasida ham bir qator foydali kelishuvlar amalga oshirilishi belgilab olindi.
