Turkiya Idlib aholisiga yordam yig’ish uchun navbatdagi kampaniyani boshladi

Aksiya “Insonni qadrlaydigan jamiyatlar federatsiyasi” (İDDEF) nodavlat tashkiloti orqali amalga oshirilmoqda.
İDDEF, “Mehr taft beradi” shiori ostida oʻtkazilayotgan kampaniyaning maqsadi Suriya shimoli-gʻarbida sovuq havoning boshlanishi bilan muammoga duch kelgan minglab qochqinlarni qoʻllab-quvvatlash ekanligini bildirdi.
Yigʻilgan mablagʻ evaziga Federatsiya qochoqlar lagerlari aholisini oziq-ovqat, issiq kiyim, koʻrpa-toʻshak, koʻmir va yoqilgʻi bilan taʼminlashni rejalashtirgan.
IDDEF xabariga ko’ra, Idlibning Mashhad Ruxin tumanidagi Ismoilaga qishlog’i aholisi uchun Federatsiya orqali artezian qudug’i qazilgan. Xuddi shu hududda masjid qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.
