Turkiya-BAA munosabatlari: valiahd shahzoda Muhammad bin Zayd bugun Anqaraga tashrif buyuradi

Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) amaldagi rahbari Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zayd al Nahayon bugun Anqarada bo‘lib, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazadi.
Ma’lumki so’nggi vaqtlarda ikki davlat aloqalari shu qadar buzilganki, bir-birlarini xalqaro maydonda va yaqin kunlargacha ko’plab mintaqaviy masalalarda «dushmanlik»da ayblagan Turkiya va BAA o’tgan oylarda jadallashgan normallashtirish sa’y-harakatlarini rivojlantirishdan manfaatdorlar.
Turkiya va BAA o’rtasidagi normallashtirish harakatlari 2020 yil oxiridan beri davom etayotgan jarayondir. Ko’pchilik kuzatuvchilarga ko’ra, bu jarayonning boshlanish nuqtasi Amerika saylovlarida demokrat nomzod Jo Baydenning g’alaba qozonishi va Vashingtonning yana faol tashqi siyosatga qaytishidir.
Turkiya, BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni, Isroil va Misr kabi ko’plab davlatlar Bayden hokimiyatga kelganidan keyin tashqi siyosatlarida jiddiy o’zgarishlar qilishni afzal ko’rdi.
Shu nuqtai nazardan, 2017-yildan beri Turkiyaning eng muhim mintaqaviy ittifoqchilaridan biri Qatarga BAA va Saudiya Arabistoni tomonidan joriy qilingan embargoning tugatilishi, bu mamlakatlarga Anqara bilan og’riqli munosabatlarini tuzatish imkoniyatini yaratdi. Xuddi shunday fikr bilan Anqara 2021-yil boshidan BAA, Misr va Isroil bilan munosabatlarni tiklash bo’yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.
Ajablanarlisi shundaki, ushbu 3 davlat orasida eng tez va sezilarli taraqqiyot BAAda bo’lgan. Avvaliga o’z ukasi, BAA Milliy xavfsizlik maslahatchisi Shayx Tahnun bin Zayd al Nahayonni avgust oyida Prezident Erdog’an bilan uchrashish uchun Anqaraga jo’natgan Shayx Muhammad bin Zayd bugun Turkiyada shaxsan kelib rasmiy uchrashuvlar o’tkazadi.
Anqara va Abu Dabidan berilgan qisqa bayonotlarda, Erdog’an-Shayx Muhammad bin Zayd uchrashuvida «ikki tomonlama aloqalar har tomonlama ko’rib chiqiladi va hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo’lgan qadamlar muhokama qilinadi» deb e’lon qilindi. Shuningdek, tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashishi qayd etildi.
Avgust oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Turkiya-BAA munosabatlarining normallashuv jarayonida iqtisodiy munosabatlarga ustuvor ahamiyat berilishiga qaror qilindi va bu rasmiy bayonotlarda oʻz aksini topdi. Shayx Muhammad bin Zayd tashrifidan bir kun avval tomonlar o‘zaro sarmoya va savdo hajmini oshirishga qaratilgan aralash iqtisodiy komissiya kelishuviga erishgani e’tiborga molik bo‘ldi.
Qiyin bir jarayonni boshidan kechirayotgan Turkiya iqtisodiyoti uchun Fors ko’rfazidan issiq pul va sarmoyaga katta ahamiyat bergan Anqara bu mavzularda Abu Dabi bilan murosaga kirishishi taxmin qilinmoqda.
Shayx Muhammad bin Zaydning ushbu birinchi tashrifi tarixiy xususiyatga ega, chunki bu BAAdan Turkiyaga so’nggi yillarda eng yuqori darajadagi birinchi tashrifdir. Turkiya va BAA o’rtasidagi so’nggi rasmiy tashriflar tashqi ishlar vazirlari Mavlud Chavusho’g’li va Shayx Abdulloh bin Zayd al Nahayonning 2016 yildagi o’zaro tashriflari chog’ida amalga oshirilgan edi.
