«Turkiya AQShga 40 ta F-16 sotib olish uchun ariza berdi»

Ma’lum qilinishicha, Turkiya AQShdan Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqarilgan 40 ta F-16 jangovar samolyotini sotib olish to’g’risida so’rov yuborgan.
Reuters, mudofaa sanoati manbalariga tayanib, Turkiya ham mavjud jangovar samolyotlar uchun 80 ga yaqin modernizatsiya to’plamlarini sotib olishga urinish qilganini ma’lum qildi.
Milliard dollarlik tender taklifi avval AQSh Davlat departamenti, keyin esa Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Chet elga qurol sotish bo’yicha mas’ul AQSh departamenti va bu takliflarga birinchi baho bergan Vashingtondagi Turkiya elchixonasi, hozirgacha Reutersning bu boradagi savollariga javob bermadi.
To’xtatilgan F-35 lar
Bundan oldin Turkiya Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ta F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishga buyurtma bergan edi, ammo Vashington bu sotuvlarni sanksiyalar sifatida to’xtatdi. Chunki Anqara 2019 yilda Rossiyadan S-400 mudofaa tizimini sotib olgan edi.
Ta’kidlash joizki, Turkiyaning Rossiya bilan yaqinlashuvi, O’rta er dengizidagi burg’ulash ishlari, Halkbankga qarshi ayblovlar va Suriyadagi voqealar haqidagi fikrlar xilma -xilligi tufayli so’nggi 5 yil davomida Anqara va Vashington o’rtasida sovuq shamollar esmoqda.
Reuters, Rossiyadan S-400 sotib olinishi va inson huquqlari buzilishi haqidagi shikoyatlar tufayli jangovar samolyotlarga buyurtma berish uchun Kongress roziligini olish jarayoni qiyin bo’lishini izohladi.
Qo’shma Shtatlar 2020 yilda Turkiyaga qarshi sanksiyalar doirasida mudofaa sanoati maslahatchisi Ismoil Demir va u yerda ishlaydigan uchta rasmiyni qora ro’yxatga kiritdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan hafta Turkiya Rossiyadan S-400 mudofaa tizimining ikkinchi to’plamini sotib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
