Turkiya Afrika davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan

Turkiya, Afrika davlatlari bilan samimiylik, birodarlik va birdamlik tamoyillari asosida aloqalarni rivojlantirishda davom etadi. Bu haqda Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kongo Demokratik Respublikasidan hamkasbi Feliks Tshisekedi bilan Kinshasada o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Anqara Kongo Demokratik Respublikasiga pandemiya oqibatlariga qarshi kurashda yordam berish niyatida.
Erdo‘g‘an, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarida tomonlarning birdamligini ham qayd etdi. Prezident Tshisekedi va Kongo Demokratik Respublikasi hukumatiga Turkiyaning FETÖ terror tashkilotiga qarshi kurashida ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Prezident Erdog’an Turkiya bilan Kongo Demokratik Respublikasi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanganini qayd etdi. “Biz o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini deyarli ikki baravar oshirdik, pandemiyadan oldin 2018-yilda 36,5 million dollarni tashkil etgan. Biz oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 250 million dollarga yetkazish maqsadi sari intilyapmiz”, — dedi Turkiya rahbari.
Kongodan so’ng Erdug’an boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Senegal va Gvineya-Bisauga ham tashrif buyuradi.
