Tolibonning maxsus komissiyasi Qandahor-Herot avtomobil yo‘lini ta’mirlashni boshladi

Tolibon islomiy harakati barcha kommunal ob’ektlarni himoya qilish, mamlakatni qayta qurish va taraqqiyotga ko‘maklashish maqsadida Toliblar boshchiligida yangi kommunal xizmatlar bo‘limini tashkil etdi.
Bo‘lim Afg‘onistonning turli hududlarida rekonstruksiya ishlarini boshlagan bo‘lsa-da, yaqinda Qandahor-Herot yo‘lining buzilgan ayrim qismlarida rekonstruktsiya ishlari boshlanganligini e’lon qildi.



Tolibon vakili o‘zining Twitter’dagi sahifasida yaqinda janglar natijasida zarar ko‘rgan Qandahor viloyatining Mayvand va Zari tumanlari Islomiy Imoratining maxsus komissiyasi tomonidan qayta tiklanganligini, Qandahordan Herotgacha bo‘lgan buzilgan yo‘l tez orada ta’mirlanishini aytgan.
Boshqarma mutasaddilari magistral yo‘llar va suv o‘tkazgichlar qurilishiga ustuvor ahamiyat berilishini, ikkinchi qadam barcha jamoat ob’ektlarini muhofaza qilish va tiklashga qaratilganligini aytdi.