Tolibon xalqaro aloqalarni rivojlantirmoqda. Navbat Qatarga…

Tashqi ishlar vaziri Mavloviy Amir Xon Muttaqiy boshchiligidagi Islom Amirligining yuqori darajali delegatsiyasi bugun Qatarga jo’nab ketdi.
Delegatsiya Qatar rasmiylari va boshqa bir qator davlatlar vakillari bilan mamlakatdagi hozirgi siyosiy vaziyat va munosabatlar haqida muzokaralar o’tkazadi.
Amirlik vakillar mazkur safar doirasida hozirda Afg’onistonda mavjud murakkab iqtisodiy muammolar, ta’lim, tibbiyot va boshqa muhim yo’nalishlardagi muammolarni ijobiy hal etishga yordam beradigan kelishuvlarni amalga oshirishga umid bog’lagan.

Delegatsiya tarkibidan Axborot va madaniyat vaziri Mulla Xayrulloh Xayrxva, razvedka bosh direktori Mulla Abdulhaq Vosiq, Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Mavloviy Nur Jalol, Shayx Shahobuddin Dilavar va Hoji Muhammad Ibrohimlar o’rin egallagan.
