Tolibon ma’muriyati: AQSh muzlatib qo’ygan pul afg’on xalqiga tegishlidir

Afg’onistondagi muvaqqat Tolibon hukumati Bosh vazir o’rinbosari Mulla Abdulg’aniy Birodar, xorijda muzlatilgan zahiralar Afg’oniston hukumatiga emas, Afg’oniston xalqiga tegishli ekanligini ta’kidladi.
Xorijda muzlatilgan pullarning Qobul ma’muriyatining sobiq rahbar Ashraf G’aniga tegishli emasligini ifoda etgan Birodar, dunyo davlatlarining bu borada kerakli e’tibor qaratmaganligini aytdi.
AQSh Afg’onistonda mag’lubiyatga uchragani va bu mamlakatni tark etgani uchun qandaydir qasos qidirayotganini bildirgan Birodar, AQShning mahalliy ittifoqchilari ham mamlakat iqtisodining muammoli bo’lishini xohlashini aytdi.
Birodar, “Mamlakatda iqtisodiy muammolar kundan kunga ortib bormoqda, iqtisodiy muammosi bor davlat nafaqat o‘ziga, balki boshqa davlatlarga ham zarar yetkazishi mumkin”, deya ta’kidladi.
Tolibon poytaxt Qobulni egallab, Afg’onistonda ma’muriyatni o’z qo’liga olgach, AQSh ma’muriyati Afg’oniston hukumatining AQSh banklaridagi zahiralarini muzlatib qo’ygan edi.
Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ham Afg’onistonning xalqaro fondlarga kirishini to’xtatgan edi.
