Tolibon Eron chegarasini qo’lga kiritdi

Afg’onistonda yurishini davom ettirayotgan Tolibon mamlakat g’arbidagi Hirot viloyatidagi Eron chegara eshigini egallab olgani haqida xabar berilgan.
Kobul hukumatiga aloqador manbalar bergan bayonotda, Hirotning g’arbiy qismidagi Islomiy kal’a o’tish punkti Tolibon nazorati ostiga olinganligi aytilgan.
Tolibonning harbiy vakillaridan biri Zabihulla Mujohidning ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida Eron bilan chegaradosh Islom qal’asi chegara posti darvozasi Toliblar tomonidan nazoratga olinganligi tasdiqlandi.
Tolibonga aloqador manbalar tarqatgan videoda Hirot viloyatida qo’lga kiritilgan Eron chegara darvozasidan olingan tasvirlar mavjud.
Rasmlarda Tolibon jangchilari va Eron Chegara xizmati askarlari bitta kadrda:
Tolibon oldinga yuradi
Tolibon bilan imzolangan kelishuvdan so’ng AQShning Afg’onistondan chiqib ketish jarayonini tezlashtirishi ham Tolibonning mamlakatda harakatlanishiga turtki bo’ldi.
So’nggi bir necha oy ichida Tolibon mamlakat bo’ylab o’nlab tuman markazlarini Kobul hukumat kuchlaridan tortib oldi. Garchi hukumat kuchlari Tolibon nazorati ostiga o’tgan ba’zi tuman markazlarini qaytarib olishga muvaffaq bo’lishgan bo’lsa-da, ko’plab tuman markazlari hanuzgacha Tolibon nazorati ostida.
Bayden qaytib ketish sanasini bekor qildi
Boshqa tomondan, AQSh prezidenti Jo Bayden kecha qilgan bayonotida Afg’onistondan chiqib ketish jarayonini 31-avgustga qadar yakunlashlari mumkinligini aytdi. Bayden avvalroq harbiy amaliyotlarni 11 sentyabrga qadar yakunlashni rejalashtirilganligini aytgan edi.
Ayni paytda AQSh harbiy kuchlarining 90 foizi Afg’onistonni tark etgan.