Tolibon delegatsiyasi Moskvada

Afg’onistonda boshqaruvni o’z zimmasiga olgan Tolibon harakati yuqori martabali delegatsiyasi Afg’oniston bo’yicha yig’ilish o’tkaziladigan Rossiya poytaxti Moskvaga yetıb keldı.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, bugun Afg’oniston bo’yicha uchinchi yig’ilishda qo’shma bayonotni qabul qilish rejalashtirilgan.
Uchrashuv kun tartibida Afg’onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishi va inklyuziv hukumat tuzilishini kutish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish uchun xalqaro hamjamiyat kuchlarini birlashtirish bilan bog’liq masalalar ham muhokama qilinadi.
