Tolibon Afg‘onistonning Turkiyadagi elchixonasini o’z nazoratiga oldi

Afg‘onistonning Turkiyadagi elchixonasi Tolibon tomonidan nazoratga olingani bildirildi.
BBCning Pushtu xizmati xabariga ko‘ra, bir muddat Turkiyada bo‘lgan Afg‘oniston Islom Imorati Tashqi ishlar vaziri Amirhan Muttaqiy Anqaradagi Afg‘oniston elchixonasini ham ziyorat qildi.
Muttaqiy bu yerda diplomatlar va rasmiylar bilan uchrashuv o’tkazdi va bayonot berdi.
Ayrim diplomatlarning Tolibonning tashrifiga qarshi chiqqani, biroq tashrif bilan birga elchixonaning bundan buyon Islomiy Imorat ma’muriyatiga o‘tkazilishi qayd etildi.
Afg’oniston hukumati bu borada hech qanday bayonot bermadi.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning Xitoy, Eron, Qatar va Pokistondagi elchixonalari shu paytgacha Tolibon boshqaruviga o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston Islomiy Imorati butun dunyo bo‘ylab boshqa elchixonalarni ham o‘z qo‘liga olish ustida ishlamoqda.
