Tolibon Afg’oniston shimoldagi eng yirik shahar Mozori Sharif eshigi oldida

Tolibon Afg’onistonda yangi hududlarni egallashda davom etmoqda va ular ustidan to’liq nazorat o’rnatgan.
Kobul hukumati rahbari Ashraf G’ani ham mahalliy kuchlarni Tolibonga qarshi kurashda hukumatni qo’llab -quvvatlashga chaqirdi. Boshqa tomondan, AQSh ma’muriyati mamlakatni himoya qilish vazifasi Kobul hukumatiga yuklangani haqida xabar berdi.
Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi yaqinda bergan bayonotida «Kobul hukumati o’z mamlakatini himoya qilishga majbur va bu ularning kurashi», dedi.
Samangan viloyati markazi Oybek shaharchasi aholisining aytishicha, Mozori Sharif va Kobul o’rtasidagi avtomagistral orasidagi hududda Toliblar kuchlari to’planib, shahardagi hukumat binolariga kirishga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Mozori Sharif
Shimoldagi Mozori Sharif muhim shaharlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, bu shaharni Toliblar bosib olishi Ashraf G‘ani hukumatini nihoyatda qiyin ahvolga solib qo‘yadi.
G’anining yordamchilari mintaqadagi mahalliy kuchlar bilan muzokaralar qilib, shaharni himoya qilish bo’yicha qo’shma rejalar tayyorlamoqda.
Oxirgi xabarlarda, Tolibon mamlakat g’arbiy va janubidagi 7 ta viloyat markazlarini qo’ga olganliklarini e’lon qildi.