«Tavhid va jihod katibasi» tashkiloti tarafdori deb bilingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Bir necha yil oldin, mazkur shaxs «Tavhid va jihod katibasi» tashkilotiga aloqador deb bilinib, shaxsiy telefonidan topilgan materiallarning o’zi bilan O’zbekiston davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo’lga olingan.
2018 yilning iyun oyida bu shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
O’zbekistondagi axborot agentliklarining xabar berishicha, mazkur shaxs olgan jazosidan xulosa chiqarmay, Suriyaga ketish maqsadida aylanma yo‘llar orqali davlat chegarasini kesib o‘tib, Markaziy Osiyo davlatlarining birida yana qo’lga olingan. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.