Suriyaning Afrin shahrida xudkushlik hujumining oldi olindi

Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin hududida xudkush kamarli to‘rt nafar terrorchi qo‘lga olindi. Bu haqda Afrin xavfsizlik boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “kamikadze”lardan jami 13 kg portlovchi moddalar va telefonlar topilgan, ular yordamida jangarilarni masofadan turib portlatish rejalashtirilgan.
Jangchilar, jumladan 3 nafar ayol Suriyaning kurdlar armiyasi sanalmish YPG ning Suriya qanoti terroristlari faoliyat yuritayotgan Munbich viloyatidan Afringa yetib kelgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujum Afrindagi maxsus kuchlar binosi yaqinida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, uni terrorchilarning sheriklaridan biri suratga olgan. Hibsga olinganidan keyin u terrorchilar uchun razvedka ma’lumotlarini yig’ayotganini tan oldi.
