Suriyadagi urushning yangi qiyofasi: partizanlik taktikasini samarali qo’llab kelayotgan muxolifat tuzilmalari

Suriyada 8 yildan beri davom etayotgan urushda muxolifat kuchlari partizanlik taktikasidan Asad rejimi va Rossiyaga qarshi samarali foydalana boshladi.
Quyida usgbu harakatlarning yetakchi guruhlari bilan tanishtirib o’tamiz:
Abu Amara brigadasi
2011 yil noyabridan beri faol bo’lgan guruh Halab, Xoms, Xama va Latakiya kabi mintaqalarda Asad rejimini nishonga olgan suiqasdlar va sabotaj hujumlarini uyushtirgan.
Xoms qarshilik brigadalari
Suriyaning markaziy qismidagi Xoms shahri va uning atrofida Asad rejimiga qarshi harakat qilayotgan guruh, 2019 yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilganini e’lon qildi.
Qiyomat kuni harakati
2017-yil oktabr oyida tuzilgan guruh PKK/YPGga qarshi nuqtali hujumlar va suiqasdlar bilan nom qozongan edi. Bu guruh Suriya shimoli va Deyr-az-Zorda faol.
Kassiyun brigadalari
2019 yil aprel oyida tashkil etilgan guruh poytaxt Damashq va uning atrofidagi hududlarda Asad rejimiga qarshi hujumlar uyushtirmoqda. Guruh oʻz nomini Damashqdagi Kasyun togʻidan olgan.
Ahrar al-Shaab harakati
- 2019 yil iyun oyida tuzilgan guruh Suriyaning shimoli-sharqiy mintaqasida faol. Guruh suiqasdlarining nishoni PKK/YPG ga qaratilgan.
Xalq qarshiliklari
2018 yil noyabr oyida Suriyaning janubida tashkil etilgan tuzilma Suriyadagi eng faol partizan guruhlari qatoriga kiradi. Derada joylashgan guruh Asad rejimi va Rossiyadan tashqari rejim bilan murosa qilgan muxoliflarni ham nishonga oladi.
Qasos harakati
2019-yil may oyida tashkil etilgan muxolif guruh Suriyaning shimoliy hududlarida, Afrin, Halab va Manbij kabi hududlarda PKK/YPGga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.
Shabab al-Shom brigadalari
2019 yil iyuldan beri mavjud bo’lgan guruhning ish joyi Halab shahri va uning atrofi Rossiya va Asad rejimi nazorati ostidadir. Guruh shu paytgacha bir nechta hujumlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olgan.
