Suriya rejimi rahbari Bashar al-Assad Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi

Asad BAAga tashrifi chog’ida Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum bilan uchrashdi.
Oddiyroq qilib aytganda, hozirda Asad asosiy tayanchi bo’lgan Putin boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi urush bilan ovora bo’lib, Suriyaga ta’minotni uzib qo’ydi. Bu esa Asad rejimiga misli ko’rilgan iqtisodiy zarba bo’ldi. Shundoq ham qashshoqlik girdobiga botgan aholi yanada murakkab holatga tushib qolgan va o’z navbatida Asad rejimiga qarshi kayfiyat kundan-kunga ortib bormoqda. Shu boisdan Bashar Asadning BAA ga pul undirish ilinjida tashrif buyurdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Dubay amirligining rasmiy Twitter sahifasidan qilingan bayonotda, “Asad bilan uchrashuv paytida Al Maktum “qardosh Suriya”ga ishonch va tinchlik tilaklarini yetkazdi. BAA Suriya bilan yangi konstruktiv hamkorlik jarayonlarini boshlash haqida qayg’uradi «, deya xabar qoldirilgan.
Boshqa tomondan, AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays, Asadning BAAga tashrifiga munosabat bildirib, tashrifdan norozi bo’lganliklarini qayd etdi.
