Suriya: Idlibdagi to’qnashuvlar tobora kuchaymoqda

Suriyaning Idlib viloyatida Eron va Rossiya dastagidagi Asad rejimi harbiy harakatlarni ortirishni boshlagan.
Jumladan rejim qo’shinlarining qo’shimcha kuchlari muholifat guruhlariga qarshi quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni kuchaytirish maqsadida bugun Idlib jabhasiga yetib keldi.
Turkiya esa Idlib janubi va Xalabning g’arbidagi strategik hududlarda yana ikkita yangi xarbiy punktlar qurishini tasdiqladi.
Eslatib o’tamiz,Rossiya somalyotlari Idlibdagi tinch aholi punktlarini havodan bomblashda davom etayotgan bir vaqtda rejim kuchlari Kufar-Nuron qishlog’ini og’ir artileryalari bilan nishonga olgan.
Bunga javoban muholifat guruhlari kuchlari bugun Sahl al-G’ob mintaqasining tanjara qishlog’ida joylashgan Asad kuchlarining himoya nuqtalarini minamyot Havon-to’plari bilan nishonga olgan. Bundan tashqari muholiflar Jabal az-Zaviya mintaqasining Benin jabhasida Eron harbiylariga qarashli 2 ta razvedka dronlarini urib tushirgan.
