Suriya: Asad rejimi Homsda 5210 tinch aholini qatl etgani ma’lum bo’ldi

Suriya muxolifati 2012-2014 yillarda Homsdagi Abdulkadir ash-Shukfa kasalxonasida 5210 tinch aholini o’ldirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni e’lon qildi.
Hujjatlarda Homs va Markaziy tibbiyoti instituti hokimlarining muhrlari va imzolari qayd etilgan.

Ushbu o’ldirilgan tinch fuqarolarning barchasi qurolsiz ekanligi va tinch namoyishlarda qatnashganlardan iborat ekanligi bildirildi.
Ma’lumki, Suriyadagi tinch namoyishlar paytida Asad rejimi tomonidan 20 mingga yaqin tinch aholi o’ldirilgan.
2011-2014 yillarda Homs shahri Suriya inqilobining eng muhim markazlaridan biri hisoblangan. Bugungi kunda shaharda rejim kuchlari tomonidan amalga oshirilgan qirg’inlar va vayronagarchiliklar sababli shahar deyarli bo’shatilgan.