Sudan xalqi bayroqni yoqish orqali, Isroil bilan normallashtirish qaroriga norozilik bildirmoqda

Sudanning turli mintaqalarida, Bosh vazir Abdulla Hamduk boshchiligidagi vaqtinchalik hukumatni ag’darishni talab qilgan ommaviy namoyishlar bo’lib o’tdi. Namoyishlarda, mamlakatdagi yomon yashash sharoitlari va iqtisodiy muammolardan shikoyat qilgan ko’plab sudanliklar ishtirok etishdi.
Falastin Axborot Markazi tarqatgan xabarga ko’ra, mamlakatda narxlarning oshishiga, yashash sharoitning qimmatligi va iqtisodiy inqirozga qarshi norozilik namoyishchilari, ayniqsa Al-Gadarif, Kordofan va Shimoliy shtat bosh bo’lib, ba’zi shaharlarda asosiy ko’chalarni yopib qo’yishdi.
Ushbu namoyishlarda namoishchilar hukumatning Isroil rejimi bilan normallashtirish qaroriga javoban Isroil bayroqlarini yoqib yuborishdi.
Hamdukning vaqtinchalik hukumatining Isroil bilan diplomatik va savdo aloqalarini boshlash to’g’risidagi qaroriga norozilik bildirgan Sudanliklar ma’muriyatning iste’fosini talab qiluvchi va norozilik namoyishlari paytida mamlakatdagi iqtisodiy sharoitlarni qoralagan bannerlarni ko’tarib chiqdilar.
G’azablangan namoyishchilar Sudan hukumati 2021 yil 6 yanvarda AQSh ma’muriyati homiyligida «normalizatsiya qilish» uchun Isroil hukumati bilan imzolagan «Ibrohim kelishuvi» ga qarshi shiorlarni baqirishdi.
Tramp 2020 yil 23-oktabr, juma kuni tasvirlar idorasida Sudan ham tinchlik o’rnatish va munosabatlarini normallashtirish bo’yicha Isroil bilan kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Normallashtirish bo’yicha kelishuvdan so’ng AQSH Sudanni terrorizmni qo’llab-quvvatlovchi mamlakatlar ro’yxatidan chiqargan edi.
Guvohlar bergan ma’lumotlarga ko’ra Sudan xavfsizlik kuchlari, maydonni kirish va chiqish yo’llarini to’sish uchun ko’chalarda shinalarni yoqib yuborgan namoishchilarni tarqatish uchun, namoyishlarga ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bilan hujum qilgan.
Boshqa tomondan, Sudanning tegishli idoralari namoyishlar bo’lib o’tgan joylarda yashovchi fuqarolarning hayoti xavfsizligi va shaxsiy mulkini himoya qilish nuqtai nazaridan tijorat markazlarini yopishga qaror qilganliklarini e’lon qilishdi.
