Somali: “Al-Shabab” Afrika Ittifoqi bazasiga hujum uyushtirdi

Mahalliy manbalarga ko’ra, Al-Qoidaning Sharqiy Afrikadagi bo’limi sanalmish Al-Shabab, Somalining poytaxti Mogadishudan 90 kilometr shimolda joylashgan Markaziy Shabel viloyatining Kovhar shahridagi aeroportni nishonga oldi.
Hujum bilan bog’liq hududdagi mahalliy boshqaruvchi Abdi Ahmad, Al-Shababning Kovhar aeroportidagi Afrika Ittifoqining Somali missiyasi bazasiga minomyotlar bilan hujum qilganini aytdi.
Abdi Ahmadning aytishicha, Afrika Ittifoqi bazasi mazkur hujum oqibatida sezilarli darajada shikast ko’rgan.
Hujumda qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.
Al-Shabob so’nggi bir necha kun ichida Somalining janubidagi Ras Kamboni shahrida Afrika Ittifoqi qo’mondonligi ostidagi keniyalik askarlarga hujum qilgan edi.
Somalida yuz minglab insonlar hayotini yuqotgan fuqarolar urushi 1991 yildan beri davom etmoqda. Hozirgi urush davri 2006 yilda AQSh va Efiopiyaning aralashuvi bilan boshlanganligini alohida ta’kidlash lozim.
