Sisi rejimi Misrda 7 mahbusni qatl qildi

Abdulfattoh as-Sisiy ma’muriyati Misrda 7 nafar mahbusni qatl qilgani ma’lum qilindi.
Inson huquqlari tashkilotlari tomonidan berilgan bayonotlarga ko’ra, oxirgi bir necha kun ichida 7 mahbus qatl etilgan. Qatl etilganlarning ismlari quyidagicha:
– Abdulloh Sukru Ibrohim Abdulmabud
– Mahmud Abduttavab Mursiy
– Mahmud Abdulhamid al-Junaydiy
– Ahmad Salama Ali Asmaviy
– Bilol Ibrohim Subhi Farhat
– Muhammad Hasan Izziddin
– Tajiddin Munis Muhammad Hamid
Mahbuslardan 6 nafarining jasadi oilalariga topshirilar ekan, Sisi rejimi Abdullah Shukruning jasadini oilasiga bermadi.
Mahkumlarning «rejim kuchlariga hujum qilish va terrorizm» kabi ayblovlar bilan qatl qilingani qayd etildi.
Inson huquqlari tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra qatl qilinganlarga qo’yilgan ayblovlar nohaqlik va bir tomonlama yondoshuv bilan qo’yilgan. Tashkilot advokatlarining say-harakatlariga qaramay sudga berilgan apelyatsiyalari qabul qilinmagan.
