Shvetsiya daniyalik radikalga Qur’on nusxasini ommaviy ravishda yoqishga ruxsat berdi

Shvetsiya hukumati Daniyaning o‘ta o‘ngchi Stram Kurs harakati yetakchisi Rasmus Paludanga musulmonlarning muqaddas Qur’oni karim nusxasini yana ommaviy ravishda yoqib yuborishga ruxsat berdi.
Paludan avvalroq rasmiylardan Qur’onni ommaviy ravishda yoqish bilan provokatsiya boshlashni so’ragan edi.
Radikal 12-13 may kunlari Gyoteburg, Buros va Trollhetten masjidlarida, shuningdek, Stokgolmning musulmonlar ko’p yashaydigan Xollund va Xasbi tumanlarida islomga qarshi aksiya o‘tkazishni rejalashtirgan.
Chorshanba kuni politsiya ekstremistning arizasini qanoatlantirgani ma’lum bo’ldi.
Huquq-tartibot idoralari aksiya muxoliflarini Palludanning harakatlariga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirdi.
Gothenburg universitetining siyosatshunoslik bo‘yicha eksperti, professor Bo Rotshteyn bunga javoban Qur’onni yoqish kabi ommaviy harakatlar so‘z erkinligi tushunchasiga hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.
Olim Shvetsiyadagi mashhur Expressen nashri sahifalarida Yevropa mamlakatlarida kitoblarni ommaviy ravishda yoqish taqiqlanganini yozgan, chunki bu 1933 yilda natsistlar tomonidan 25 ming nashr yo‘q qilingan “katta kitob yoqish festivali”ga o‘xshaydi.
Paludan avval ham Shvetsiyada Qur’onni yoqish bo’yicha harakatlarni bir necha bor amalga oshirgan.
Bu qirollikning turli shaharlarida kuchli politsiya himoyasi ostida sodir bo‘ldi.
