Sharqiy Afrika 1981 yildan beri eng quruq davrni boshdan kechirmoqda

Qurg’oqchilikning ta’siri natijasida joriy yilning birinchi choragida Efiopiya, Keniya va Somalida 13 million kishi ochlik bilan yuzma-yuz keladi. Qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga zarar yetkazdi, chorva mollari kamayib ketdi, viloyatlar aholisi suv va oziq-ovqat bilan bogʻliq muammolar tufayli uylarini tark etishmoqda.
BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Sharqiy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Maykl Danford inqirozning oldini olish uchun shoshilinch insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga chaqirdi.
Tashkilot bergan xabarga ko’ra, keyingi 6 oy ichida 4,5 million kishiga yordam berish uchun zarur bo’lgan moliyaviy yordam miqdori taxminan 327 million dollarni tashkil qiladi.
Bundan avval, 2011 yilda Somalidagi qurg’oqchilik va oziq-ovqat inqirozi paytida 250 000 ga yaqin odam halok bo’lgan edi.
