“Semizlikni qo’y ko’taradi”, yohud ortiqcha vazn Saudiya Arabistoniga yiliga 19 milliard dollarga tushadi

Britaniyaning British Medical Journal (BMJ) tibbiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko’ra, semizlik darajasi 35 foiz atrofida bo’lgan Saudiya Arabistoniga yiliga 19 milliard dollarga tushadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zudlik bilan chora ko‘rilmasa, xuddi shunday xarajat 2060 yilda 78 milliard dollargacha oshadi.
Mutahassislarning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni ma’muriyati buni oldini olish uchun imkon qadar tezroq chora ko’rishi kerak.
Semirib ketishning asosiy sababi aholining haddan ziyod ovqatlanishi, uxlashi va jismoniy faoliyati sustligi ekanligi ta’kidlangan.
Saudiya Arabistonidan tashqari, boshqa qo’shni Fors ko’rfazi mamlakatlarida ham xuddi shunday semizlik ko’rsatkichlari mavjud.
Saudiya Arabistonida jiddiy semizlik muammosi mavjud bo‘lgan bir vaqtda, mamlakatning janubiy qo‘shnisi Yamanda millionlab odamlar to‘yib ovqatlanmaydi.

Mamlakatda ko’plab bolalar oziq-ovqat etishmasligi tufayli ochlikdan aziyat chekmoqda.
Saudiya Arabistoni 2015-yildan beri Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarga qarshi kurashib keladi. Eron va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi bu prensipial urush Yamanni butunlay qulash yoqasiga olib keldi.
