Saudiya Arabistonidagi oilaviy muommo: «Qirol Salmonning jiyani shahzoda Fahd o’limga mahkum etildi»

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saudning jiyani Fahd bin Turki bin Abdulaziz o’limga mahkum etilgan.
Katta va taniqli Saudiya shahzodasi Fahd bin Turki bin Abdulaziz ham Saudiya qo’shinlarining katta qo’mondoni sifatida Yamandagi urushda qatnashgan.
Xiyonat bilan ayblangan
Ma’lum bo’lishicha, Fahd bin Turki bin Abdulaziz amakisi tomonidan «Qirol Salmon va uning amakivachchasi, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni ag’darish uchun davlat to’ntarishiga urinish va xiyonat» da ayblangan.
Ushbu mavzu bo’yicha tafsilotlar Vashingtondagi «Fors ko’rfazi ishlari instituti» ga va ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan Fahd bin Turki bin Abdulazizning qarindoshi tomonidan tarqatilganligi aytilmoqda.
2020 yil sentyabr oyida Javf mintaqasida gubernator o’rinbosari bo’lib ishlagan shahzoda Fahd bin Turki bin Abdulaziz va uning o’g’li shahzoda Abdulaziz bin Fahd hibsga olingan.