Saudiya Arabistoni va AQSh harbiy-havo kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari yakunlandi

Saudiya Arabistonida Qirollik havo kuchlari va AQShning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi.
Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligiga ko‘ra, mashg‘ulotlar 2 hafta davom etgan va mamlakat shimolida bo‘lib o‘tgan.
Mashqlar Saudiya Arabistoni va Qo’shma Shtatlar o’rtasidagi strategik hamkorlikning bir qismidir.
9-mart kuni Qirol Faysal havo bazasida boshlangan harbiy mashg‘ulotlarida Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari F-15 C/SA samolyotlari, AQSh tomoni esa F-16 va F18 jangovar samolyotlari bilan ishtirok etdilar.
“Mashqlar davomida belgilangan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
